AsosiyJamiyat

Chet elga ishlash maqsadida ketayotgan O`zbekiston fuqarosi koronavirusga qarshi emlanishi shartmi?

'Chet elga ishlash maqsadida ketayotgan O`zbekiston fuqarosi koronavirusga qarshi emlanishi shartmi?'ning rasmi

Savollarga O`zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xodimi Nasiba Toirova javob beradi. Bu haqda Vaksina.uz ma`lum qildi.

Savol: Chet elga ishlash maqsadida ketayotgan O`zbekiston fuqarosi koronavirusga qarshi emlanishi shartmi?  

Javob: Avvalambor, savol egasining qaysi mamlakatga ketayotganligini bilish muhim. Negaki har bir xorij davlatning chet el fuqarolariga qo`yiladigan talablari bor. Shu sababli boradigan davlatingizni koronavirus vaksinasi bo`yicha ilgari surgan qonun-qoidalari bilan tanishib chiqishingizni maslahat beraman.  

Agar vaksina olish sharti ko`rsatilgan bo`lsa, demak emlanishingizga  to`g`ri keladi. Bugungi kunda xorijga chiqish uchun 72 soat ichidagi qo`yilgan PSR (polimer zanjir reaksiyasi) tahlil sinamasining javobi so`ralmoqda. Vaqti kelib, albata, koronavirusga qarshi emlanganlik haqidagi sertifikat bilan ham hech qanday tashvishsiz chet elga chiqishning imkoni bo`ladi.

Savol: Hozir emlash punktlarida qanday vaksinalar qilinmoqda va ularning qay biri aholi orasida yuqori talabga ega?  

Javob: Hozirda emlash punktlarida ZF-UZ-VAC2001 o`zbek-xitoy, Sputnik V hamda  AstraZeneca vaksinalari qilinmoqda. Asosan aholi ZF-UZ-VAC2001 o`zbek-xitoy vaksinasi bilan emlanishni ma`qul ko`rishmoqda.    

Ma`lumot  o`rnida aytishim joizki, hozirda AstraZeneca va Sputnik V vaksinalarining 2-dozasi,  ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasining 2 hamda 3 dozalarini  emlash ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar