AsosiyShou-biznes

Rayhonning yangi klipidagi yigit uning sevgilisimi?

Xonanda Rayhon o`zining “Tabib” qo`shig`iga yangi klip suratga olmoqda. U ijtimoiy tarmoqlar orqali, rejissyor Yodgor Nosirov bilan hamkorlikdagi ish jarayonidan suratlar joylab bormoqda.

Ma`lum bo`lishicha, mazkur klipda Rayhon Misr malikasi Kleopatra timsolida namoyon bo`ladi. Shuningdek, klipda Rayhonning sevgilisi rolini ijro etayotgan debyutant aktyor ham ishtirok etmoqda. Uni ko`pchilik internet foydalanuvchilari Rayhonning “boyfrend”iga chiqarib ham qo`yishdi. “Shov-shuv.uz” sayti Rayhon bilan bog`lanib, mish-mishlarga oydinlik kiritdi.

“Ayrim internet foydalanuvchilarining yozishicha, ‘Tabib’dagi qahramon yigit sizning ‘boyfrend’ingiz?!” degan savolga Rayhon:

“Boya shu ma`lumotni o`qib, lol qoldim. Kim o`ylab topadi, bunaqa mish-mishlarni? Bu yigitni birinchi bor ko`rishim.Klipni suratga olishdan oldin qahramon izladik. Shu yigitni maslahat berishdi. Uning ishlarini kuzatdik. Suratga tushishda juda professional. Keyin rejissyor bilan maslahatlashib, uni “Tabib”da rol ijro etishini tasdiqladik. Bo`ldi, boshqa hech qanday gap yo`q!”,—deya javob berdi.

Shuningdek, debyutant aktyorning klipdagi obrazi haqida gapirar ekan, “Bu qahramon – qambag`al temirchi obrazini yaratadi. Malika bilan u yoshligidan birga o`sishgan. Do`stlik muhabbatga aylanadi. Ulg`aygach, buni yanada chuqurroq anglashadi. Hech qanday ijtimoiy tabaqa chin sevgi yo`liga g`ov bo`lolmaydi!”— deya qo`shimcha qildi xonanda.

    Boshqa yangiliklar