O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishining kuchayishi hisobiga, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha issiq ko`tarilishi kutilmoqda. Ba`zi joylarda shamol changli bo`ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 38-43°, janubda va cho`l hududlarida ba`zi joylarda 44-46° bo`ladi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 39-41° gacha ko`tariladi.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida bulutli ob-havo bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 25-30° bo`ladi.






