AsosiySport

Ronaldu EChLda haftaning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi

“Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu UEFA rasmiy sayti tomonidan o`tkazilgan so`rovga ko`ra, joriy haftada o`tkazilgan EChL 1/8 final  bosqichining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 

Portugaliyalik 31 yoshli hujumchi “Roma”ga qarshi o`yinda bitta gol urib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Ovoz berish jarayonida ishtirok etgan respondentlarning 56 foizi Ronalduni qo`llab-quvvatlagan. Ikkinchi o`ringa “PSJ” hujumchisi Zlatan Ibragimovich (34%) loyiq deb topildi.

Uchinchi o`rin esa “Zenit” hujumchisi Xalkka nasib etgan. Ovoz berish jarayonida ishtirok etganlarning 6 foizi uni tanladi.

    Boshqa yangiliklar