AsosiyJamiyat

Namangandagi shifoxonada bemorlarni o`marib yurgan 25 yoshli ayol qo`lga olindi

'Namangandagi shifoxonada bemorlarni o`marib yurgan 25 yoshli ayol qo`lga olindi'ning rasmi

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati shifoxonada bemorlarning pul va qimmatbaho buyumlarini o`g`irlagan 25 yoshli ayol haqida xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, 1 iyun kuni, Uychi tumanida yashovchi, 1993 yilda tug`ilgan ayol ariza bilan murojaat qilib, shu kuni soat 10:00 larda qizining sog`ligi yomonlashgani uchun tuman shifoxonasining bolalar bo`limiga davolanish maqsadida borib, davolanish xonasida uxlab yotgan vaqtida ayolning o`ng qulog`ida bo`lgan bir dona narxi 750.000 so`mlik tilla baldog`ini shu xonada birga davolanayotgan, 1996 yilda tug`ilgan ayol o`g`irlab olganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan. 

Surishtiruv ishlari davomida gumondor shaxs 31-may kuni soat 16:00 larda o`zi bilan bir xonada davolanayotgan, yana bir ayolning stol ustida turgan karmoni ichidan 240.000 so`m pullarini o`g`irlab olganligi aniqlangan.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar