Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan O`zbekistonga qiymati 50,5 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 1,0 mln. tonna sement import qilingan.
Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 515,1 ming tonnaga ko`p.
2021 yilning to`rt oyida O`zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
- Qozog`iston – 498,3 ming tonna
- Qirg`iz R. – 278,5 ming tonna
- Tojikiston – 234,7 ming tonna
- Eron – 10,8 ming tonna
- Turkmaniston – 8,6 ming tonna






