Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, joriy yilning 4 iyun kuni soat 10:50 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Baynalminal ko`chasida joylashgan 26-uy ro`parasida "Nexia-3", "Lacetti" va "Mercedes-Benz" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.
To`qnashuv natijasida "Mercedes-Benz" rusumli avtomobil haydovchisi va ikki nafar yo`lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
️Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib to`qnashuv sodir bo`lish sabablariga oydinlik kiritilmoqda.






