2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlarida o`tkazayotgan ta`mirlash ishlari sababli 5 iyun kuni soat 07:00 dan 21:00 gacha 4-sonli Issiqlik Markazi xizmat ko`rsatuvchi Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur va Mirzo Ulug`bek tumanlaridagi qator manzilgohlarda issiq suv ta`minoti vaqtincha o`chiriladi.
Yunusobod tumanida:
– Yunusobod 1-19-mavzelari;
– M-5, 6, 12, 15, M-17, 18 mavzelari;
– Amir Temur, Mustaqillik, Ahmad Donish, Yangishahar, Dehqonobod, Sohibkor, Katta halqa yo`li, Shahriston, Uch Qahramon, Moyqo`rg`on, Rixsiliy, Yangi Yunusobod, Yunusota, Jumamasjid, Osiyo, Bog`ishamol, Minor 1-berk, Chingiz Aytmatov, Kichik halqa yo`li, Mingo`rik, Abdulla Qodiriy, Bodomzor, Ko`rgazma, Qozitarnov, Girgirtepa, Shivli, Shuhrat, Bog`iravon, Mukarrama Turg`unboeva ko`chalari.
Olmazor tumanida:
– Taxtapul, Qoraqamish 1/1, 1/2, 1/3, 1/4, 2/1, 2/2, 2/3, 2/4, 2/5, Tansiqboev va Olimpiya dahalari;
– Shifokorlar shaharchasi;
– O`zMU va ToshDTU hududlari; - Beshqo`rg`on-1, 2, 3, 4 mavzelari;
– Qoraqamish 1-tor, Talabalar, Universitet, Farobiy, Beruniy, Muxbir, Qamarniso, Mirzo G`olib, Shifonur, Gulsaroy, Sebzor, Oltinsoy, Shimoliy Olmazor, Ziyo ko`chalari.
Shayxontohur tumanida:
– Beltepa, Ibn Sino-1, 2, Jarariq mavzelari;
– Zulfiyaxonim, Labzak, Nurafshon ko`chalari.
Mirzo Ulug`bek tumanida:
– Hamid Olimjon maydoni.






