Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xonobod shahar bo`limlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro U.T. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro B.ning ishonchiga kirib, unga Norin-Qoradaryo irrigasiya tizimlari muhofaza hududiga qarashli bo`lgan 0,36 gektar er maydonida uzoq muddat davomida sholi etishtirishda foydalanish uchun hujjatlarni tayyorlab berish evaziga 21 mln so`mni firibgarlik yo`li bilan olishgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






