AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 4 oy davomida 12 806 ta oila ajrashgan

'O`zbekistonda 4 oy davomida 12 806 ta oila ajrashgan'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan matbuot anjumanida  ishtirok etgan  Mahalla va oilani qo`llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig`i Mukarram Nurmatova ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, 2020 yil pandemiya sabab sud tizimi faoliyati cheklanganligi bois ajrashish uchun arizalar to`planib qolgan va natijada joriy yil avvalida ajrimlar soni keskin oshgan. Tahlillarga ko`ra, 2021 yil 4 oy davomida 12 806 ta oilaviy ajrashish kuzatilgan. Bu o`tgan davrga nisbatan 4897 ta ko`p.

Hozirgi kungacha 30 yoshgacha bo`lganlar orasida oilaviy ajrashish 3674  tani tashkil etadi. Bu yoshlar bilan alohida ishlashni talab etadi.

  • O`rganishlarga ko`ra oilaviy ajrimlarga asosan er-xotin o`rtasidagi kelishmovchilik sabablari – 48,4% ni;

 

  • ️uchinchi shaxs, qaynona-qaynota yoki qarindoshlar aralashuvi sabab sodir bo`lgan ajrimlar – 17,4%

 

  • ️yoshlarning oila qurishga tayyormasligi tufayli – 11 foizdan oshiqroq;

 

  • ️moddiy etishmovchilik, turmush o`rtog`ining ishsizligi va boshqa iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli – 6,3%

 

  • ️bepushtlik – 5,3%

 

  • ️tomonlardan biring ichkilik, giyohvand modda yoki boshqa zararli odatlargi berilishi sabab – 5,5%

 

  • ️ichki va tashqi migrasiya sabab ajralishlar – 3,5% ni tashkil etadi.

    Boshqa yangiliklar