Bu haqda AOKAda bo`lib o`tayotgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.
Ma`lum qilinishicha, 2021-2022 o`quv yilidan boshlab Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Qo`g`irchoq teatri rassomi” va “Amaliy san`at: badiiy zargarlik” bakalavriat ta`lim yo`nalishlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, 2021/2022 o`kuv yilidan boshlab «O`zbekiston Respublikasi san`at arbobi», «O`zbekiston Respublikasi xalk rassomi», «O`zbekiston Badiiy akademiyasining xaqiqiy a`zosi» faxriy unvonlari – professor ilmiy unvoniga hamda «O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiyi», «O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvonlari - dosent ilmiy unvoniga tenglashtiriladi.






