AsosiyJamiyat

O`zbekistonda bodring eksporti 2,2 mln. AQSh dollariga oshgan

'O`zbekistonda bodring eksporti 2,2 mln. AQSh dollariga oshgan'ning rasmi

 Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston 2021 yilning to`rt oyi davomida qiymati 5,1 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 4,2 ming tonna bodring eksport qilgan.  

Bodring eksporti o`tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 2,2 mln. AQSh dollariga oshgan.

 O`zbekiston 2021 yilning aprel oyida qiymati 1,9 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 1,5 ming tonna bodring eksport qilgan.  

 2021 yilning to`rt oyi davomida O`zbekiston bodring eksport qilgan davlatlar:

  • Qozog`iston – 2,0 ming tonna
  •  Qirg`iz R. – 1,5 ming tonna
  •  Rossiya – 682,9 tonna
  •  Tojikiston – 23,5 tonna
  • BAA – 0,4 tonna
  •  Germaniya – 0,3 tonna

    Boshqa yangiliklar