DXX hamda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbir davomida 100 gektar er ajratib berish evaziga 128 ming dollar olgan to`rt nafar mansabdor shaxslarga sud hukmi o`qildi.
Ma`lum bo`lishicha, Andijon viloyati hokimligi huzuridagi “Kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direksiyasi” bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan A. O., “Universal vodiy gips” MChJ rahbari lavozimida ishlagan U.A., fuqaro U. A. lar oldindan til biriktirib, jabrlanuvchi D.I.dan Xo`jaobod tuman hokimligida ishlaydigan tanishlari orqali tuman hududidan chorvachilik fermer xo`jaligi tashkil etish uchun unga jami 100 gektar er maydoni ajratib, hujjatlarini tayyorlab berishi evaziga, firibgarlik yo`li bilan jami 135 ming AQSh dollari talab qilishgan. Sudlanuvchilar jabrlanuvchi I.D. dan 29 mart kuni 128 ming AQSh dollarini Andijon shahar, Bo`ston dahasida joylashgan “UzDongYang-Ko” qo`shma korxonasi oldida olayotganlarida DXX hamda IJQK departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan hamkorlikdagi tezkor tadbiri davomida ushlangan.
Tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida mazkur shaxslar o`zlarining bu yordamlari uchun muqaddam avans sifatida 7 ming AQSh dollari olganliklari aniqlangan.
Shuningdek, shu kuni O.A.ning ixtiyoriy roziligiga ko`ra davom ettirilgan tezkor tadbirda Iqtisodiy taraqiyoti va kambag`allikni qisqartirish Bosh boshqarmasi xo`jalik mudiri-g`aznachisi lavozimida ishlagan S. U. talab qilingan pullardan o`ziga tegishli qismi, ya`ni 70 ming AQSh dollarini O.A. dan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialining avtoturargohida olayotgan vaqtida qo`lga olingan.
Yuqoridagi qayd etilgan jinoiy harakatlar uchun O.A. Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismining “a” bandi, 211-moddasi (Pora beri) 3-qismining “a” bandi bilan aybli deb topilib, 3 yil mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil 6 oy;
A. U. Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismining “a” bandi, 211-moddasi (Pora beri) 3-qismining “a” bandi bilan aybli deb topilib, 10 yil 2 oy;
A. U. Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismining “a” bandi, 211-moddasi (Pora beri) 3-qismining “a” bandi bilan aybli deb topilib, 10 yil 2 oy;
U.S. Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismining “a” bandi, 211-moddasi (Pora beri) 3-qismining “a” bandi bilan, 3 yil mansabdorlik lavozimlari va moddiy javobgarlik yuklatilgan vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.






