"Davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 66 ta davlat unitar korxonalari davlat muassasalari sifatida, 73 ta davlat unitar korxonalari filial sifatida qayta tashkil etildi.
Shuningdek, istiqbolsiz, faoliyat ko`rsatmayotgan, zarar ko`rib ishlayotgan va past rentabelli 454 ta korxonalar belgilangan tartibda tugatiladi.
2022 yildan har yili 1 noyabrga qadar korxonalarda davlat ulushini saqlash tanqidiy ko`rib chiqiladi va ularni sotish, tugatish yoki qayta tashkil etish bo`yicha Hukumatga takliflar kiritiladi.






