Kecha, 4 iyun kuni soat 22 dan 18 daqiqa o`tganda Talimarjon IES ning elektr ishlab chiqaruvchi 2 ta asosiy blogida nosozlik yuz berdi. Bu haqda "Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari" AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Natijada G`uzor, Dehqonobod, Qamashi tumanlarining bir qism aholi yashash maskanlarida elektr ta`minotida uzilish kuzatilmoqda. Ayni paytda mutaxassislar IESning nosozlik yuz bergan bloklarini ta`mirlash ishlarini olib borishyapti.
Eslatib o`tamiz, Enegetika vaziriligi so`nggi kunlarda O`zbekistonning turli hududlarida elektr ta`minotida uzilishlar yuzaga kelayotgani sababini ma`lum qilgan edi.






