2021 yil 4 iyun holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 101436 (+238) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi.
Yangi kasallanish holatlarining:
9 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
4 nafari Andijon viloyatida,
4 nafari Buxoro viloyatida,
6nafari Jizzax viloyatida,
6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
2 nafari Navoiy viloyatida,
2 nafari Namangan viloyatida,
24 nafari Samarqand viloyatida,
5 nafari Sirdaryo viloyatida,
3 nafari Surxondaryo viloyatida,
6 nafari Farg`ona viloyatida,
2 nafari Xorazm viloyatida,
37 nafari Toshkent viloyatida,
128 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog`ayganlar jami 97517 (+440) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 696 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3223 nafar bemor davolanmoqda.






