Sobiq AQSh maxsus xizmati xodimi Edvard Snouden AQShga qaytish istagi borligini ma`lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
U, shuningdek, yashayotgan mamlakatidan qat`iy nazar o`z faoliyatini davom ettirmoqchi ekanligini ham qo`shimcha qildi.
“Mazkur masalada men bilan va mening vatanim bilan nima sodir bo`layotgani ahamiyatsiz. Men bunga ko`nikdim. Men Rossiyada yashayman deb o`zim tanlamaganman va men o`z yurtimga qaytishni istayman”, — dedi Snouden.
U yana “eng salbiy oqibat”ni kutganini aytib o`tdi.
Ma`lumot uchun, Snouden Amerika maxsus xizmatlarining dolzarb tekshiruvlari haqidagi maxfiy ma`lumotlarni oshkor etilgani uchun ta`qib qilinmoqda.





