AsosiyJamiyat

“Ijro.gov.uz” tizimida may oyida o`rganilgan 7 024 ta ijro haqidagi ma`lumotning 45 foizi qaytarildiv

'“Ijro.gov.uz” tizimida may oyida o`rganilgan 7 024 ta ijro haqidagi ma`lumotning 45 foizi qaytarildiv'ning rasmi

Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O`rinboeva ma`lum qildi:  

— Qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar harakati, ya`ni ularning ijrosini tashkil etish  7 ta bosqichda amalga oshiriladi;

Topshiriqlar ijro muddatlari faqatgina Adliya vazirligi va zarur hollarda, Hukumat tomonidan ko`rib chiqilib, Hisob palatasi xulosasi asosida hamda Prezident ruxsati bilan uzaytirish tartibi o`rnatilgan.

 “Ijro.gov.uz” tizimida joriy yilning may oyi davomida 7 024 ta ijro haqidagi ma`lumot o`rganilib, ulardan 3 836 tasi kelishilgan bo`lsa, 3 188 ta holatda yoki 45 foizi ijro haqidagi ma`lumotlar to`liq bo`lmaganligi yoki ijro natijalari qoniqarsiz bo`lganligi sababli qayta ishlash uchun ijrochiga qaytarilgan.

    Boshqa yangiliklar