IIV O`XB Navoiy viloyati bo`limi xodimlari tomonidan, 2021 yilning 18 may kuni olingan ma`lumotga ko`ra, Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasining (ayblanuvchiga nisbatan qidiruv e`lon qilish haqida)gi qaroriga ko`ra, 2021 yilning 24 aprel kuni Jinoyat Kodeksining 185-moddasi bilan ayblanib qidiruv e`lon qilingan.
1976 yil Samarqand viloyati, Narpay tumanida tug`ilgan fuqaro T. A. hozirda o`zining yashash xonadoniga kelib ketib yashirinib yurganligi haqida kelib tushgan ma`lumotga asosan, olib borilgan qidiruv tadbirlari davomida, fuqaro A.T. 19 may kuni Navoiy shahar IIO FMB JQB xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand viloyati, Narpay tumani hududida ushlanib, Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasiga olib kelinib topshirildi.






