3 iyun kuni taxminan soat 10:10 larda Samarqand shahri Shodlik mahallasi S.Buxoriy ko`chasida joylashgan uyda mojaro bo`layotganligi yuzasidan Shodlik MFY ga xonadon qo`shnilari tomonidan murojaat kelib tushgan, deya xabar bermoqda Milliy gvardiya Axborot xizmati.
Voqea joyiga zudlik bilan mahalla vakillari hamda unga biriktirilgan Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo`yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi, psixolog kichik serjant N.Sanaqulovalar etib borishgan vaqtda, oiladagi er-xotin U.N. va B.D. o`rtasida jiddiy mojaro bo`layotganligiga guvoh bo`lishgan. Oilaning psixologik holati og`ir ekanligi natijasida U.N.ning turmush o`rtog`i B.D. o`z joniga qasd qilish maqsadida yashab turgan uyining 3 qavatidan o`zini tashlamoqchi bo`lganligi aniqlandi.
Tezkor olib borilgan qutqaruv ishlari natijasida Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi tomonidan 2002 yilda tug`ilgan B.D.ning hayoti saqlab qolindi.
Voqea yuzasidan xonadon egalari bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
Hozirgi vaqtda o`z joniga qasd qilmoqchi bo`lgan ayol, ushbu qilgan ishidan qattiq afsusda ekanligini aytmoqda.
05.06.2021 15:30
Samarqandda eri bilan janjallashgan ayol o`zini 3-qavatdan tashlashga urindi






