“Youtube” ijtimoiy tarmog`ida “Nanay postida katta janjal! Haydovchi chidab tura olmadi” nomli viderolik tarqaldi.
Holat yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabati e`lon qilindi.
Ma`lum qilinishicha, videotasvirda Yangiqo`rg`on tumani, “Qizilyozi” MFY xududidagi “Qizilyozi” blok postida xizmat olib borayotgan Namangan viloyati IIB YHXB inspektori B.Muradov tomonidan Yangiqo`rg`on tumani “Namuna” MFYda yashovchi I.H boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli 50 973QAA davlat raqamli avtomashina nazorat tartibida to`xtatilganligi, hamda I.X. 9201-sonli harbiy qism 8-sonli chegara posti harbiy xizmatchisi oddiy askar U.Fayzullaev va YHXB inspektori B.Muradovlarning qonuniy talablariga bo`ysunmasdan ularga nisbatan qo`pol munosabatda bo`lib, jamoat joyida huquq-tartibot idora xodimlarini haqorat qilganligi aks ettirilgan.
Mazkur holat yuzasidan 9201-sonli harbiy qism 8-sonli chegara posti harbiy xizmatchisi oddiy askar U.Fayzullaevning bildirgisi asosida Yangiqo`rg`on tumani IIB HPMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.
Shuningdek, qo`shimcha o`rganish davomida quyidagilar ma`lum bo`ldi. I.H. va uning o`g`li O.G`.lar joriy yilning 1 iyun kuni soat 22:00larda Yangiqo`rg`on tumani “Qayroqi” MFYda yashovchi R.B.ni o`zlariga tegishli bo`lgan avtomashinaga majburlab chiqarib, unga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan holda tan jarohati etkazishgan. Natijada R.B. holat yuzasidan I.H. va O.G`.larga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`rab, tuman IIBga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan.
Yangiqo`rg`on tumani TTBning 01.06.2021 yildagi dastlabki ma`lumotnomasida R.B.ning badanida, bo`yin qismi o`ng tomonida qizg`ish tusdagi shilinmalari, quloq qismining ko`kargan va pardasining yirtilgan jarohatlari mavjudligi ko`rsatilgan.
Ayni paytda ariza yuzasidan Yangiqo`rg`on tumani IIB HPMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
I.G`.ning sodir etgan jinoiy xatti-harakatlari, hamda chegara blok postida xuquq-tartibot idoralari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganligi sababli, unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183 (mayda bezorilik), 194 (Milisiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik), 195 (Milisiya xodimlarining o`z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko`rsatish), 196 (xuquqbuzarlik sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish yuzasidan milisiyaning yozma taqdimnomalarini bajarish choralarini ko`rmaslik)-moddalarida ko`rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjudligi, hamda sodir etgan jinoiy xatti-harakatlarida, hamda ekspertiza xulosasi asosida JKning 277(bezorilik)-moddasida ko`rsatilgan javobgarlik alomatlari mavjudligi sababli ushbu moddalar asosida javobgarlikka tortilishi rejalashtirilgan.






