AsosiyJamiyat

Hokimlar va ularning ta`lim bo`yicha maslahatchilariga maktablardagi holatga qarab baho beriladi

'Hokimlar va ularning ta`lim bo`yicha maslahatchilariga maktablardagi holatga qarab baho beriladi'ning rasmi

Hukumat qarori (345-son, 03.06.2021 y.) bilan umumiy o`rta ta`lim muassasalari reytingini aniqlash tartibi to`g`risidagi yangi nizom (1-ilova)  tasdiqlandi. Bu haqda Ta`lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi ma`lum qildi. 

Mazkur nizomga 3-ilova sifatida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlari hamda ularning ta`lim va tarbiya masalalari bo`yicha maslahatchilari faoliyatini umumiy o`rta ta`lim muassasalari reytingi orqali baholash mezonlari va hisoblash metodikasi tasdiqlandi.

Unga ko`ra mazkur jarayonda quyidagi ko`rsatkichlarga e`tibor qaratiladi:

 

  • 11-sinf bitiruvchilari tomonidan OTMlarga kirishda to`plagan ballari;  

 

  •  OTMga o`qishga kirganlar salmog`i;

 

  • o`quvchi va o`qituvchilarning chet tillarini bilish darajasi;  

 

  • 11-sinf bitiruvchilarining bandligi;

 

  • o`quvchilar o`rtasida sodir etilgan jinoyatlar ulushi (Bosh prokuratura ma`lumoti asosida);

 

  •  pedagoglarning sifati (salohiyati);  

 

Maktablar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va o`quv-tarbiyaviy muhitni qo`llab-quvvatlash uchun tuman (shahar) mahalliy byudjetining orttirilgan mablag`lari hisobidan qilingan qo`shimcha harajatlar hajmi (Moliya vazirligi ma`lumoti asosida) ;

  •  ta`lim muassasasida ma`naviy-ma`rifiy va o`quv tarbiyaviy muhit (O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan besh tashabbus doirasida qilingan ishlar asosida) kabi ko`rsatkichlar inobatga olinadi.

 

 

    Boshqa yangiliklar