AsosiyJamiyat

Kecha O`zbekistonda 286 nafar kishida koronavirus qayd etildi

'Kecha O`zbekistonda  286 nafar kishida  koronavirus qayd etildi'ning rasmi

 2021 yil 5 iyun holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 101722 (+286) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV ma`lum qildi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 2 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 6 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 10 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 5 nafari Navoiy viloyatida,
  • 7 nafari Namangan viloyatida,
  • 21 nafari Samarqand viloyatida,
  • 4 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 4 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 4 nafari Xorazm viloyatida,
  • 35 nafari Toshkent viloyatida,
  • 175 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog`iston Respublikasida 7 nafar,
  • Buxoro viloyatida 3 nafar,
  • Jizzax viloyatida 14 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 7 nafar,
  • Namangan viloyatida 2 nafar,
  • Samarqand viloyatida 23 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 1 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 21 nafar,
  • Xorazm viloyatida 2 nafar,
  • Toshkent shahrida 117 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 97714 (+197) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

 

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3312 nafar bemor davolanmoqda.

    Boshqa yangiliklar