Kanadaning Nyu-Bransuik viloyatida noma`lum kasallik epidemiyasi aniqlandi, deb yozmoqda RIA Novosti The New York Times nashriga tayanib.
Neyropatolog Nil Keshmanning so`zlariga ko`ra, bemorlarga tez rivojlanayotgan aqliy funksiyalarning emirilishi va ruhiy kasalliklar tashxisi qo`yilgan bo`lib, u bilan og`rigan bemorlarda miya va umurtqa tanani boshqarish qobiliyatini yo`qotish kuzatilmoqda.
Odamlar xavotirda, ular bu ekologik jihat bilan bog`liqmi yoki irsiy kasallikmi? Sifatsiz go`sht yoki baliq va boshqa biron bir narsadan keldimi? Hammamiz aniq javob olishni istaymiz, - dedi epidemiyadan zarar ko`rgan shaharlardan birining hokim Ayvon Godin.
Kasallik birinchi marta 2015 yilda paydo bo`lgan. O`sha paytdan beri ushbu xastalikka chalinganlarning soni 48 nafarga etgan. Ulardan olti nafari xastalik sabab vafot etishgan. Mutaxassislar uyqusizlik, xotirani yo`qotish, charchoq va gallyusinasiyalar xastalikning alomati ekanligini ma`lum qilishgan. Shunday bo`lsada shifokorlar kasallikning namoyon bo`lishi bir-biri bilan bog`liq emasligi sabab hali ham aniq tashxisni aniqlay olmayapti.






