Kecha, 5 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Moskva-Qarshi-Moskva» yo`nalishi bo`yicha parvozning kechikkani va yo`lovchilar issiqda samolyot ichida bir necha soat o`tirgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ma`lum qilinishicha, samolyot Rossiyaning «Royal Flight» aviakompaniyasiga tegishli bo`lgan. U 5 iyun kuni soat 15:30 parvoz qilishi lozim edi. Yo`lovchilar bortga chiqarilgandan so`ng, samolyot dvigatellari ishlamay qolgan. Bunga ob-havo sharoiti, ya`ni havo haroratining 44°dan yuqori bo`lishi sabab bo`lgan. Oqibatda yo`lovchilar bir necha soat issiqda qolib ketgan.
Shundan so`ng, ushbu parvozni tungi vaqtda amalga oshirish qarori qabul qilinib, yo`lovchilar bortni tark etishgan. Yo`lovchilarning sog`lig`i yomonlashgani haqida xabar kelib tushmagan. Samolyot 6 iyun kuni soat 04:54 da Moskvaga uchgan.






