AsosiyJamiyat

Samarqandlik 26 yoshli yigit 50 yoshli tanishini bir necha marotaba mix tiqib vaxshiylarcha o`ldirdi (18+ video)

'Samarqandlik 26 yoshli yigit 50 yoshli tanishini bir necha marotaba mix tiqib vaxshiylarcha  o`ldirdi (18+ video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Urgut tumanida bir erkak vaxshiylarcha bir insonga bir necha marotaba mix tiqib o`ldirayotgani aks etgan videolar tarqaldi. 

O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi darakchi.uz voqea  tafsilotlarini ma`lum qildi. Unga ko`ra, 2021 yil 5 iyun kuni soat 18:30 larda Urgut tumani “Etti uylik” mahallasida yashovchi 26 yoshli S.B “G`o`s” mahalla markazida joylashgan “Karvon” to`yxonasi oldida tanishi 50 yoshli O.O` bilan spirtli ichimlik ichib mast holatda janjallashib qolishadi. Shu atrofda joylashgan do`koniga kirib, 15 sm uzunlikdagi mixni olib chiqib, O`.Oning o`ng ko`kragiga sanchib, u erga yiqilganidan so`ng oyoq va qullari bilan bosh sohasiga zarbalar berib, unga ko`plab og`ir tan jarohatlari etkazgan. Natijada O`.O Urgut tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo`limida vafot etgan.  

Mazkur holat yuzasidan 5 iyun kuni tuman prokuraturasi tomonidan B.Sga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.  Gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan.

 

    Boshqa yangiliklar