Ijtimoiy tarmoqlarda "Fanlar akademiyasining arxeologlarini Buxorolik ayollar kaltaklashdi" sarlavhasi bilan videolavha tarqaldi.
Mazkur videolavha Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas`ul xodimlari tomonidan o`rganilganida quyidagilar aniqlandi.
Joriy yilning 3 iyun kuni soat 11:30 larda Buxoro shahar H.Olimjon mahallasi Govkushon ko`chasida mehmonxona qurishni mo`ljallayotgan tadbirkor A.A. arxeolog M.J. bilan birgalikda shu ko`chada mehmonxona qurishga ruxsat bor yoki yo`qligini bilish, tarixiy ahamiyatga ega bu joyda qurilish ishlarini boshlash yuzasidan maslahat olish uchun kelganida, shu ko`chada yashovchi fuqarolar N.Q. va uning turmush o`rtog`i N.O.lar ularga faol qarshilik ko`rsatib, janjallashishgan.
Mazkur hodisa yuzasidan Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi "102" Avtomatlashtirilgan tizim orqali berilgan xabar asosida voqea joyiga Buxoro shahar IIOFMB 1-son IIB boshlig`i va tergov-tezkor guruhi etib kelib, holat tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Hodisa Buxoro shahar IIO FMB da tegishli tatibda qayddan o`tkazilib, hozirda tergovga qadar surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Surishtiruv natijasi yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi.