O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha quruq va juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Ba`zi joylarda shamol changli bo`ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 38-43°, janubda ba`zi joylarda 44-46° gacha bo`ladi.
Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 40-42° bo`ladi.
Respublikaning tog`li hududlarida havo biroz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 26-31° bo`ladi.






