JSST ma`lumotlariga ko`ra, oxirgi sutka davomida dunyoda 386 ming nafardan ortiq yangi kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda SSV ma`lum qildi.
Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 172 million 630 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 718 mingdan ziyod kishi vafot etgan (06.06.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 16:07 holatiga ko`ra).
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 386 217 yangi holati aniqlandi. 9 272 nafar bemor vafot etgan.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (07.06.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 173 million 315 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 729 mingdan ortig`i vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:
- AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 33,015 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
- ikkinchi o`rinda Hindiston (28,809 milliondan ortiq),
- uchinchi o`rinda Braziliya (16,841 milliondan ortiq).
JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 17 729, Hindistonda 114 460, Braziliyada 37 936 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 2 milliard 109 milliondan ortiq doza vaksina qo`llanilgan.






