Bu savolga Sog`liqni saqlash vazirligi axborot xizmati rahbari Furqat Sanaev javob berdi: "Sputnik V" va Astra-Zeneca vaksinalari ikki bosqichli emlanish bilan inson organizmida yuqori darajada immunitet hosil qilinishiga yordam beradi. O`zbek - Xitoy vaksinasida esa to`liq uch bosqichda emlangandan so`ng inson organizmida etarlicha antitanacha hosil bo`lishiga erishish mumkin.
Ikki oy mobaynida 2 million 069 ming 518 doza vaksina qo`llanilgan bo`lsa, shundan 348 ming 302 nafar kishi to`liq bosqichlarda emlanib bo`lindi.
AstraZeneca bilan 321 ming 906 nafar kishi,
ZF-UZ-VAC2001 bilan 494 nafar kishi,
"Sputnik V" vaksinasi bilan esa 25 ming 902 nafar kishi barcha bosqichlarda to`liq emlandi.