Madridning «Real» klubi sardori Serxio Ramosning yozda «qirollik klubi»ni tark etishi deyarli oydinlashgan.
As’ning xabar berishicha, Madrid klubi jamoa sharafini 16 yil davomida munosib himoya qilgan 35 yoshli futbolchisi bilan xayrlashishga tayyorlanmoqda. Klub prezidenti Florentino Peres tez orada Ramos bilan uchrashib, iyun oyida uning klubdagi xayrlashuv marosimini tashkil etmoqchi.
Klub rahbariyati g`oyasiga ko`ra, Ramos klub stadionidagi muzeyda jamoa safida qo`lga kiritgan 22ta sovrini bilan suratga tushishi va barcha bilan xayrlashishi rejalashtirilgan. Bu fikrga futbolchining reaksiyasi hozircha ma`lum emas.
Avvalroq, futbolchi va klub 30 iyun kuni yakuniga etadigan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmagani haqida xabar berilgandi.
Ma`lumot uchun, Ramos La Liga joriy mavsumida 15 o`yinda maydonga tushib, 2ta golga mualliflik qildi.






