AsosiyJamiyat

Poytaxtning Boshliq mavzesida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi

Toshkent shahri Boshliq mavzesidagi Kichik Xalqa yo`lida uchta avtomobil oq rangli Spark, Damas Epica  avtomobillari ishtirokidagi yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi.

Bu haqda Facebook ijtimoiy tarmog`ining “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolari xabar bermoqda. 

Xabarga ilova qilingan suratlarda Spark avtomobilini Damas urib yuborgani, o`z o`rnida uning orqasidan kelayotgan Epica ham Damas`ga kelib urilganini ko`rish mumkin. YTH sabablari va jabrlanganlar haqida ma`lumotlar keltirilmagan.

Foydalanuvchilar izohlarda YTH yomg`irli ob-havo sharoitida tezlikni oshirish oqibatida kelib chiqqan bo`lishi mumkin, deya taxmin qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar