AsosiyDunyo

Turkiyada ijtimoiy tarmoqlar bloklab qo`yildi

Anqara sudi ijtimoiy tarmoqlar, xususan Twitter va Facebook`ka kirishni bloklab qo`ydi.

Internet foydalanuvchilarining Anqaradagi terakt qurbonlari va jabrlanganlar suratlar va videoroliklarni tinimsiz ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgani bois mazkur qaror qabul qilindi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Avvalroq Turkiya Oliy Kengashi mahalliy telekanal va radiostansiyalarda teraktni yoritishni cheklash haqida qaror qabul qildi. Xususan, telekanallar va radioefirlarda terakt sodir bo`lgan hudud va jabrlanganlar haqida ma`lumot berish mumkin emas.

Ma`lumot uchun, 13 mart kuni Anqara shahridagi avtobus bekatlaridan birida hukumat binolari yaqinida terakt sodir bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar