Toshkent shahar hokimligi Taraqqiyot ko`chasidan (Toshkent tibbiyot akademiyasi) dan boshlanib, Toshkent mexanika zavodi orqali Ohangaron yo`liga qadar davom etuvchi tramvay yo`li qurilishidan voz kechdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
1 avgust kuni 13-tramvayning "Toshkent" vokzalidan TTZga qadar davom etuvchi qismi yopilganidan so`ng, "Toshshahartransxizmat" kompaniyasi shahar chekkasidagi "Rohat" bekatiga qadar davom etadigan, hozirda foydalanilmayotgan 5 kilometrlik yo`l bilan bog`lanuvchi yangi 3 kilometrlik tramvay yo`li qurilishi rejalarini e`lon qilgandi.
7 avgust kuni avtotransport vositalari uchun Parkent ko`chasidan Mustaqillik shoh ko`chasiga kirish yopildi. Bu holat Taraqqiyot ko`chasidagi, ayniqsa, temiryo`l va avtomobil yo`llari kesishgan nuqtalardagi harakat faolligini yanada oshirdi. “Ko`rinishidan, tramvay yo`llarini buzish yo`ldagi yuklamalarni kamaytirish yo`lidagi yagona chora bo`lgan”, — deyiladi xabarda.
11 mart kuni 13-tramvay yo`nalishi qisqartirilganidan so`ng Taraqqiyot ko`chasida ajralib qolgan tramvay yo`li bo`lagidagi relslarni olib tashlash ishlari boshlangan.
Tramvay yo`li qurilishi borasidagi rejalarning o`zgarishi bo`yicha rasmiy axborot berilmagan. Demontajda ishtirok etayotgan quruvchilarning so`zlariga qaraganda, bu erda gap relslarni yangilash emas, balki aynan olib tashlash haqida bormoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, Ohangaron yo`liga qadar avtoyo`l qurish rejasi o`z kuchida qolgan, shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi atrofida tramvay halqasi quriladi.






