AsosiyJinoyat

Yozyovonda fermer xo`jaligi rahbaridan 500 AQSh dollari undirmoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi

'Yozyovonda fermer xo`jaligi rahbaridan 500 AQSh dollari undirmoqchi bo`lgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg`ona viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar Sh.N. va Sh.A. “A.F.” fermer xo`jaligidan olinib Yozyovon tumani hokimligi zaxirasiga qaytarilgan 133,5 gektar er maydonini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fermer xo`jaligiga qaytarib olib berish evaziga xo`jalik rahbaridan 500 AQSh dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar