Tayland poytaxti Bangkok shahridagi banklardan birida zaharli kimyoviy moddalardan zaharlanish oqibatida 10 kishi halok bo`ldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Mazkur hodisa Taylanddagi eski banklardan biri Siam Commercial Bank`da yuz bergan.
Favqulodda hodisaning yuz berishiga kimyoviy o`t o`chirish tizimining zararlanishi sabab bo`lgan. Oqibatda 10 kishi halok bo`lgan. Bangkok shoshilinch tibbiy yordam markaziga yana 15 nafar jabrlanganlar etkazilgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, qutqaruv xizmati bank binosining birinchi qavati va erto`laga tezda kirib borisholmagani sababli ularning ishlari qiyinlashgan.
Bank ma`muriyatining xabar berishicha, fojia o`t o`chirish tizimini modernizasiya qilish bilan shug`ullanuvchi xodimning ishiga nisbatan sovuqqonligi oqibatida yuz bergan.
Hozirda mazkur hodisa tafsilotlari o`rganilmoqda.





