AsosiyDunyo

Kanadalik fuqaro lotereyadan 10 million dollar yutib oldi

Kanadada ismi –sharifi sir saqlanayotgan fuqaroga haqiqiy ma`noda omad kulib boqdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda

U Kanadadagi “49 dan 6 ta” deb nomlangan lotereyada 13,3 million Kanada dollari(10 million AQSh dollari) yutib oldi. 

Bu haqda mamlakat hududida o`nlab lotereya o`ynlarini tashkil etish bilan shug`ullanuvchi Atlantic Lottery assosiasiyasi vakillari ma`lum qildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, mazkur lotereya chiptasi Kanadani aholi zich yashaydigan hududlardan biri Ontario viloyatida sotilgan.

“O`ynalgan raqamlar - 6, 27, 30, 34, 35 i 42”,— aniqlik kiritdi tashkilotchilar.

2015 yilning oktyabr oyida “49 dan 6 ta”  lotereya o`yinida Kanada tarixidagi eng yirik pul mablag`ini ya`ni 49,5 million AQSh dollari yutib olingan.

    Boshqa yangiliklar