AsosiyMutolaa

Kun hikmati

Hayotimiz — sayohat, g`oya esa — yo`lchi yulduz. Yo`lchi yulduz bo`lmasa hamma...

Hayotimiz — sayohat, g`oya esa — yo`lchi yulduz. Yo`lchi yulduz bo`lmasa hammasi to`xtaydi-qoladi. Maqsad boy berilsa, kuch go`yo mutlaqo bo`lmagandek.

Viktor Gyugo

***

Inson qaysi manzilga ketayotganini bilmasa, uning elkaniga hech bir shamol ham duch kelmaydi.

Seneka

***

O`z intilishing marrasiga etmoqchi bo`lsang — muloyimlik bilan adashgan yo`lingni so`ra.

Uilyam Shekspir

***

Uzoqni ko`radigan odam o`zining har bir istagi uchun alohida o`rin topa bilishi va keyin ularni navbatma-navbat amalga oshirishi kerak. Ochko`zligimiz ko`pincha bu tartibni buzib yuboradi va bir vaqtning o`zida bizni shunchalar ko`p maqsadlar ketidan chopishga majbur etadiki, natijada mayda-chuydalarga o`ralashib, eng muhim narsani esa, esdan chiqarib qo`yamiz.

Laroshfuko

***

To`g`ri yo`lda sudralib borayotgan odam ham yo`ldan adashgan shoshqaloqdan o`zib ketadi.

Bekon

***

Odamlarga zarari ham, foydasi ham tegmaydigan kishidan faqirroq odam yo`q.

Qobus

***

Bir odamga qilingan adolatsizlik barchaga qilingan dag`dag`adir.

Monteske 

***

Haqsizlikni ko`ra turib indamaslik — o`sha haqsizlikda qatnashish bilan baravar. 

Jan Jak Russo

***

Biron-bir narsani sevgan kishigina biron-bir qadr-qimmatga ega bo`ladi. Qadr-qimmatsizlik bilan hech nimani sevmaslik ayni bir xil narsadir.

Feyerbax

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xojali fojiasi unutilmaydi'ning rasmi

    Mutolaa 26.02.2024 17:46

    Xojali fojiasi unutilmaydi

    Dunyoda har kuni minglab, ehtimol millionlab jinoyatlar sodir etilar. O`g`irlik, talonchil...

    'Jorj Oruell. Filning otilishi (hikoya)'ning rasmi

    Mutolaa 23.02.2024 18:31

    Jorj Oruell. Filning otilishi (hikoya)

    Ochig`ini aytsam, quyi Birmaning Mulmein shaharchasida ko`pchilik mendan nafratlanardi, me...

    'Ayzek Azimov. "O`qituvchi odam bo`lgan ekan…" (hikoya)'ning rasmi

    Mutolaa 22.02.2024 18:44

    Ayzek Azimov. "O`qituvchi odam bo`lgan ekan…" (hikoya)

    O`sha tunda Mari bu haqda hatto xotira daftarchasiga ham yozib qo`ydi.Daftarchaning 2155 y...

    'O`.Genri. “Jodugar”ning nonlari (hikoya)'ning rasmi

    Mutolaa 21.02.2024 18:32

    O`.Genri. “Jodugar”ning nonlari (hikoya)

    Marta Meham xonim ko`cha muyulishidagi kichik novvoyxona egasi edi (uchta zinapo­yadan ko`...

    'Arnold Bennett. Vasiyatnoma (hikoya)'ning rasmi

    Mutolaa 20.02.2024 18:37

    Arnold Bennett. Vasiyatnoma (hikoya)

    Bu aka-ukalar Angliyaning Oldkesl shahrida istiqomat qilishardi. Jon 52, Robert 49 yoshda...

    'Said Ahmad. Ot bilan suhbat (hikoya)'ning rasmi

    Mutolaa 19.02.2024 18:52

    Said Ahmad. Ot bilan suhbat (hikoya)

    Urgutda adir tepasidagi Navro`z bayrami o`tkaziladigan yalanglikka chiqadigan tik so`qmoq...