AsosiyDunyo

Evropa Ittifoqi 1 iyuldan boshlab yagona kovid pasportini kiritadi

'Evropa Ittifoqi 1 iyuldan boshlab yagona kovid pasportini kiritadi'ning rasmi

Ma`lum qilinishicha, raqamli kovid sertifikati Evropa Ittifoqining barcha mamlakatlari uchun emlash fakti, PZR sinovining salbiyligi yoki yaqinda kovidni o`tkazganligini tasdiqlovchi yagona hujjat  bo`ladi.

Sertifikat bepul telefon ilovasidagi QR-kod qo`rinishida bo`ladi, lekin chegarachi va boshqa nazoratchilar bosma nusxalarini ham qabul qilishlari kerak.

Muhim nyuanc. EI hududiga kirish uchun blokga kirmaydigan mamlakatlar fuqarolari faqat Evropa Ittifoqi tomonidan tasdiqlangan vaksinalardan biri bilan emlangan bo`lishlari shart. Hozircha ular to`rtta: Pfizer, AstraZeneca, Moderna va Johnson&Johnson. Shu bilan birga, Ittifoqning har bir mamlakati JSST tomonidan favqulodda tasdiqlangan boshqa vaksina bilan emlanganlik to`g`risidagi hujjatlarni tan olishi mumkin.

Pasportlar Evropa Ittifoqiga kirmaydigan Shveysariya, Norvegiya, Lixtenshteyn va Islandiyada ham amal qiladi. Kelajakda EI bu pasportlarni AQSh va Buyuk Britaniyada ham tan olinishidan umidvor.

 

    Boshqa yangiliklar