AsosiyDunyo

Braziliyaliklar mamlakat prezidentining iste`foga chiqishini talab qilmoqda

Kecha,13 mart kuni Braziliya ko`chalarida mamlakat prezidenti Dilma Rusefning iste`foga chiqishini talab qilgan millionlab fuqarolar ommaviy aksiyalar uyushtirishdi. Bu haqda “Vesti” nashri xabar bermoqda

OAVlarning ma`lumotlariga ko`ra, aksiyalarda 3,3 million kishi ishtirok etdi. 

Norozilik namoyishlarining eng yirigi Braziliyaning San-Paulu shahrida o`tkazildi. Bu namoyishlarda 1,5 million kishi ishtirok etgan. 

Ommaviy aksiyalar Dilma Rusef hokimiyat tepasiga kelgandan beri o`tkazilgan eng yirik norozilik namoyishlari hisoblanadi.

Mitinglar umumiy hisobda Braziliyaning 300 shahrida o`tkazildi. Bundan tashqari, horijiy mamlakatlarda yashovchi braziliyaliklar ham aksiyalarda ishtirok etgan. AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Portugaliyada yashovchi fuqarolar ham vatandoshlarini qo`llab-quvvatlagan. 

Biroz avval Braziliya prezidenti siyosiy raqiblarining talablariga qaramay, iste`foga chiqishini ma`lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar