AsosiySport

Ukraina Evro-2020 uchun taqdim etgan milliy libosi noroziliklarni keltirib chiqardi. UEFA libosdagi shiorni olib tashlashni talab qilmoqda

'Ukraina Evro-2020 uchun taqdim etgan milliy libosi noroziliklarni keltirib chiqardi. UEFA libosdagi shiorni olib tashlashni talab qilmoqda'ning rasmi

 Ukraina terma jamoasi ertaga,11 iyun kuni boshlanadigan Evro-2020 turnirida ishtirok etuvchi milliy jamoasining yangi libosini taqdim etdi.

Yangi libos sariq rangda bo`lib, futbolkada Ukraina xaritasi tasvirlangan, unda 2014 yil Rossiya tarkibiga qo`shib olingan Qrim yarimoroli xaritasi ham aks etgan.

Bundan tashqari, libos yoqasida ukrain millatchilari va o`nglarni ifodalovchi «Slava Ukraine» va «Geroyam slava» shiorlari tushirilgan.

Yangi formada aks ettirilgan shiorlar Rossiyada ijobiy qabul qilinmadi. Rossiya bu shiorlarda siyosiy maqsad yashiringan deb baholamoqda.

UEFAning fikricha, libosdagi "Slava Ukraine!" shiori siyosiy emas. Ammo "Geroyam slava!" shiori olib tashlanishi shart, chunki u birinchi shior bilan birgalikda siyosiy tus kasb etadi.

UEFA futbol bo`yicha Ukraina milliy jamoasining Evro-2020 musobaqasi uchun mo`ljallangan libosidan "Geroyam slava!" yozuvi olib tashlanishini talab qildi.  

Qayd etilishicha, libosdagi Ukraina xaritasi tashkilot qoidalariga zid emas, chunki BMT ushbu davlatning mazkur chegaralarini tan oladi.

"Slava Ukraine!" shiori ham siyosiy emas.

Ammo "Geroyam slava!" shiori olib tashlanishi shart, chunki u birinchi shior bilan birgalikda siyosiy tus kasb etadi.

    Boshqa yangiliklar