AsosiyDunyo

Xalqaro qidiruvga berilgan o`zbekistonlik jinoyatchi Qozog`istonda qo`lga olindi

'Xalqaro qidiruvga berilgan o`zbekistonlik jinoyatchi Qozog`istonda qo`lga olindi'ning rasmi

Qozog`iston “Polisia” nashrining ma`lum qilishicha, o`zbekistonlik jinoyatchi Rossiya Jinoyat kodeksida ko`zda tutilgan tovlamachilik yo`li bilan katta miqdorda pora olish jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, 2020 yilda Rossiyaning Volgabo`yi federal okrugi — Mordoviya Respublikasi huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan. 

32 yoshli ushbu jinoyatchi Atirau viloyatining Atirau shahri migrasiya xizmati bo`limi xodimlari tomonidan hujjatlari tekshirilayotgan vaqtda hibsga olingan. 

Ma`lum qilinishicha, hozirda unga nisbatan shaharni tark etmaslik profilaktik chorasi qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar