Jahon bankining hisobotida keltirilishicha, 2021 yil jahon iqtisodiyoti o`sishi 5,6 foizni tashkil etadi, Bu so`nggi 80 yil davomida eng yuqori o`sish ekani aytilmoqda.
Shunga qaramay, iqtisodiy tiklanish jarayoni nomutanosib ravishda kechadi, deyilmoqda hisobotda.
Mutaxassislarning ta`kidlashicha, global tiklanish asosan yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlarning jadal rivojlanishi hisobiga yuz beradi. Ko`plab rivojlanayotgan mamlakatlar esa pandemiyaning salbiy oqibatlarini uzoq vaqt sezib turadi.
Jahon iqtisodiyotining tiklanishiga AQSh va Xitoy katta hissa qo`shadi. Masalan, Xitoy iqtisodiyoti 2021 yilda 8,5 foizga, AQShniki esa 6,8 foizga o`sadi.
Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari iqtisodiyoti juda sekin tiklanadi.
Evropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti 2021 va 2022 yillarda o`rtacha 3,9 foizga o`sadi. Ushbu hisob-kitob Jahon bankining avvalgi ma`ruzasida keltirilgan statistikadan ancha ishonchli ekani aytilmoqda. Ekspertlarning fikricha, mazkur mintaqa mamlakatlarida yilning ikkinchi yarmida emlash jarayoni jadallashishi mumkin, bu esa iqtisodiyotga ijobiy ta`sir ko`rsatadi.
Ma`ruzasida MDH mamlakatlari orasida eng yuqori o`sish Tojikistonda kuzatilishi ta`kidlangan. 2021 yilda mamlakatning yalpi ichki mahsuloti hajmi 5,3 foizga oshadi.
Jahon banki mintaqa mamlakatlarining iqtisodiy o`sishiga quyidagicha baho bermoqda:
Ozarbayjon 2,8 foiz
Armaniston 3,4 foiz
Belarus 2,2 foiz
Gruziya 6 foiz
Qozog`iston 3,2 foiz
Qirg`iziston 3,8 foiz
Moldova 3,8 foiz
Rossiya 3,2 foiz
Tojikiston 5,3 foiz
Ukraina 3,8 foiz
O`zbekiston 4,8 foiz






