AsosiyJamiyat

Kattaqo`rg`onda YPX inspektorlarining faoliyati jarayonida fuqaro vafot etdimi? Vazirlik izoh berdi

'Kattaqo`rg`onda YPX inspektorlarining faoliyati jarayonida fuqaro vafot etdimi? Vazirlik izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Kattaqo`rg`on tumanida YPX inspektorlarining faoliyati jarayonida fuqaro vafot etganligi borasida yolg`on yoki noxolis axborot tarqalishini oldini olish maqsadida Ichki ishlar vazirligining munosabat berdi. 

Vazirlik prokuratura organlari tomonidan holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilganligini va tergov harakatlarini olib borilayotganligini ma`lum qilib, ayrim ijtimoiy tarmoqlarda sodir bo`lgan mazkur holatga o`z munosabatini quyidagi asoslar bilan bildiradi. Jumladan:

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 26-moddasiga ko`ra “Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko`rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi belgilangan.

Jinoyat prosessual kodeksining 23-moddasi (Aybsizlik prezumpsiyasi)da “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi uning jinoyat sodir etishda aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar aybsiz hisoblanishi” qayd etilib, mavjud qonunchilik talablariga amal qilinmagan holda munosabat bildirishi natijasida ommada salbiy ijtimoiy fikr shakllanishiga sabab bo`lishi mumkin.

Shuningdek, jurnalistika faoliyati bilan shug`ullanadigan har bir shaxs bevosita “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to`g`risida”gi qonunning 11-moddasi (Axborotning to`g`riligi uchun javobgarlik)da qayd etilgan ya`ni ommaviy axborot vositalari e`lon qilinayotgan axborotning to`g`riligini tekshirib ko`rishlari shartligi va ular axborot beruvchi bilan birgalikda uning to`g`riligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo`lishlari hamda “Ommaviy axborot vositalari to`g`risida”gi qonunning 5-moddasi (Ommaviy axborot vositalarining erkinligi)da ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlariga muvofiq axborotni izlash, olish, tadqiq etish, tarqatish, undan foydalanish, uni saqlash huquqiga egaligi hamda tarqatilayotgan axborotning xolisligi va ishonchliligi uchun belgilangan tartibda javobgar bo`lishi belgilanganligi haqidagi normalardan bevosita xabardor bo`lishlari lozim.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar