Kuni kecha Xalqaro og`ir atletika federasiyasi (IWF) reyting orqali Tokio Olimpiadasiga yo`llanmalarni qo`lga kiritgan sportchilar ro`yxatini e`lon qildi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lumki, ushbu Olimpiada siklida O`zbekiston terma jamoasi maksimal 2+2 ko`rinishida 4ta yo`llanmani qo`lga kiritishi mumkin edi. Quvonarlisi, terma jamoamiz berilgan imkoniyatdan maksimal darajada foydalana oldi.
IWF reytingi orqali erkaklar o`rtasida Adhamjon Ergashev (-67 kg) va Akbar Jo`raev (-109 kg), qizlarimizdan Muattar Nabieva (-55 kg) hamda Kumushxon Fayzullaeva (-76 kg) Tokio-2020 yo`llanmalariga sazovor bo`lishdi.






