AsosiyJamiyat

Toshkentda issiq suv va markaziy isitish tizimi tariflari oshadi

1 apreldan Toshkentda issiq suv ta`minoti va markaziy isitish tizimiining yangi tariflari joriy etiladi.

Mazkur ma`lumotni “Toshissiqquvvati” korxonasi tasdiqladi. Yangi tarifga ko`ra, issiq suvning kubometr hisoblagich o`rnatilgan uylar uchun 3174.05 so`mdan 3459, 90 so`mgacha oshiriladi va hisoblagich o`rnatilmagan uylar uchun kishi boshiga oyiga 13511,73 so`mni tashkil qiladi.

Markaziy isitish tarifi esa 1 kv metr uchun 1169,70 so`mga oshiriladi.

So`nggi marta issiq suv ta`minoti va markaziy isitish tizimining tariflari 2015 yilning 1 oktyabrida oshirilgan edi.

    Boshqa yangiliklar