AsosiyShou-biznes

“O`zbeknavo”ning sobiq rahbari vafot etdi

“O`zbeknavo” estrada birlashmasining sobiq rahbari Bahodir Abdurahimov 14 mart kuni 68 yoshida Namangan viloyatida olamdan o`tdi. Bu haqda xonanda Nargiz Instagram’dagi shaxsiy sahifasida qoldirgan ma`lumotlarga asoslanib, “Qalampir.uz” xabar bermoqda.
 
“Bu inson haqida qancha gapirsak va ta`riflasak so`z kamlik qiladi. Uzoq yillar “O`zbeknavo” estrada birlashmasiga rahbarlik qilganlar va Madaniyat va sport ishlari vaziri o`rinbosari lavozimida ishlaganlar. Bir so`z bilan aytsam, “KUChLI” inson Bahodir Abjurahimov endi oramizda yo`q. Ularning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz”, – deb yozadi xonanda Nargiz.

Ma`lumot uchun, Bahodir Abdurahimov 2001-2008 yillarda “O`zbeknavo” estrada birlashmasi bosh direktori vazifasida faoliyat yuritgan.

“Darakchi” tahririyati nomidan marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

    Boshqa yangiliklar