AsosiyDunyo

Bizni ko`p narsalarda ayblashdi – Putin AQShdagi kiberhujumlar ortida Rossiya turganini rad etdi

'Bizni ko`p narsalarda ayblashdi – Putin AQShdagi kiberhujumlar ortida Rossiya turganini rad etdi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin NBC telekanaliga bergan intervyusida AQShdagi kiberhujumlar ortida rossiyalik xakerlar yoki Rossiyaning o`zi turibdi degan ayblovlarni rad etdi. Bu haqda Ria Novosti xabar bermoqda. 

"Bizni ko`p narsalarda ayblashdi. Saylovga aralashish, kiberhujumlar va hokazo. Ular hech qachon, hech qanday dalil keltirishmagan. Shunchaki, asossiz ayblovlar", - dedi Putin.

Prezident ta`kidlaganidek, Amerika qo`rqqan narsa Rossiya uchun ham xavfli bo`lishi mumkin. Unga ko`ra, NATO kiber maydonni kurash hududi deb biladi.

"Ular nimanidir rejalashtirishmoqda, nimanidir tayyorlashmoqda, albatta, bu bizni xavotirga solmaydi", dedi davlat rahbari.

Putin Amerika razvedkasi Rossiya axborot tarmoqlariga kirib kelganini istisno qilmadi, ammo bundan qo`rqmasligini ta`kidladi.

Shu bilan birga, Rossiya prezidenti kiberjinoyatchilikka qarshi kurashda Vashington bilan hamkorlikka umid bog`lashini aytdi.

Rossiya G`arb siyosatchilarining Moskvaning uchinchi mamlakatlardagi saylovlarga aralashuvi haqida da`volarini bir necha bor rad etdi.

Bahorda Buyuk Britaniya va Amerika rasmiylari SolarWinds-ga qarshi kiberhujumlarda Rossiya tashqi razvedka xizmatining ishtiroki borligini e`lon qilishdi. SVR matbuot byurosi ayblovlarni "bema`nilik"  deb atadi va ular uzoq o`ylab topilganligini ta`kidladi, shuningdek, Oq uy bayonotlarini muhokama qilish razvedkaning vazifasi emasligini ta`kidladi.

Boshqa yangiliklar