Iyun oyi yakunida «Real» bilan shartnomasi yakuniga etadigan himoyachi Serxio Ramos Madrid klubida qolishi mumkin.
AS nashri xabariga ko`ra, 35 yoshli futbolchi yakshanba kuni Florentino Peres bilan uchrashgan. O`zaro suhbatdan keyin klub ispaniyalik sardoriga so`nggi taklifni bildirishi ma`lum bo`ldi.
Qayd etilishicha, klub yana bir himoyachi Rafael Varan bilan 2022 yilda yakuniga etadigan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayotgani sababli, Ramosni olib qolishni istamoqda. Sababi Varan jamoani erkin agent sifatida tark etmasligi uchun fransiyalik himoyachini yozgi transfer oynasida sotish masalasi ham ko`rib chiqilmoqda.