AsosiyJamiyat

Olmaliqdagi korxonada 200 nafar ishchi besabab bo`shatilmoqda. Mehnat vazirligi holatga izoh berdi (video)

'Olmaliqdagi korxonada 200 nafar ishchi besabab bo`shatilmoqda. Mehnat vazirligi holatga izoh berdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Olmaliq tumanida joylashgan “Ammofos-Maxam” AJ tomonidan xodimlar bilan mehnat shartnomasi ommaviy ravishda bekor qilinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Mehnat vazirligi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma`lum qilishicha, Toshkent viloyati Davlat mehnat inspeksiyasi mazkur xabarlar yuzasidan o`rganish o`tkazgan.

O`rganish natijasida, jamiyat ishchi xodimlari uchun oziq-ovqat mahsulotlari “Kasanachilikni tashkil qilish xizmati” xodimlari tomonidan etishtirilishi ma`lum bo`lgan. Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish bilan bog`liq xarajatlarni optimallashtirish maqsadida jamiyat xodimlarining ovqatlanishini tashkil etish 2021 yil 1 martdan autsorsing shartlari asosida  ixtisoslashtirilgan kompaniyaga topshirilgan.

Natijada, Kasanachilikni tashkil qilish xizmati xodimlari bilan mehnat shartnomasini Mehnat kodeksining 100-moddasi ikkinchi qismi 1-bandi bilan bekor qilish bo`yicha ogohlantirish xatlari berilgan.

"Holat bo`yicha jamiyat rahbariyatiga amaldagi qonunchilik normalariga rioya etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi", deyiladi vazirlik xabarida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar